14-noyabr 2020. Muallif: Nasiba AbdullayevaMUHAMMAD YUSUF IJODIDA MILLIY QADRIYATLAR IFODASI“Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qaroriga binoan oliy ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi. Ushbu rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Bugun O`zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Muhammad Yusuf ijodida milliy qadriyatlar ifodasi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasi tashkil etildi.Ushbu konferensiyani O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Eldor Shermanov kirish so’zi bilan ochib berdi. Konferensiyada shoirning umr yo’ldoshi Nazira As-Salom, institutimizning “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi dotsentlari Qunduzxon Nishonboyeva hamda Ma’mur Umarovlar Muhammad Yusuf haqidagi xotiralari bilan o’rtoqlashdi, shoir she’riyatidagi nekbin tuyg’ular tarannumi, milliy qadriyatlar ifodasi, adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori ekanligi haqida konferensiya qatnashchilariga ko’plab ma’lumotlar berdilar. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali hamda Nukus filialidan ham iste’dodli talabalar konferensiyada o’zlarining badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi.  Yosh o’qituvchi Ulug’bek Musinov Muhammad Yusuf she’riyati asosida “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” loyihasi va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirgan bo’lsa, “Milliy qo’shiqchilik” kafedrasi jo’rnavozi Sardor Homidov tomonidan shoir she’rlari asosida bastalanagan qo’shiq yig’ilganlarga manzur bo’ldi. Madaniyatshunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistranti Kamoliddin Umarov tomonidan “Yoshlarda yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda Muhammad Yusuf ijodiy merosining ahamiyati” haqida ma’ruza qilingan bo’lsa, Yoshlar parlamenti a’zosi Bobur Xo`jamqulov esa shoir she’rlarini o’z shaxsiy komolotida tutgan o’rni haqida gapirdi.“Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” telegram kanali yurituvchisi Oltinbek Ubaydullayev tomonidan shoir hayoti va ijodiga bag’ishlangan loyiha va tanlovlar haqida ma’lumotlar berildi. Shohida Shovqiyeva tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari ingliz tilida jarang sochdi.Iste’dodli talabalarimiz Mohinabonu Uzoqova hamda Zokirjon G’ulomov ijrosida shoir she’rlari mahorat bilan ijro etildi.Konferensiyaning to’liq tasvirini .Konferensiyaning asosiy tashkilotchilari Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Eldor Shermanov, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Abror Porsayev, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E’tibor Nazarova hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Jumagul Nishonova.

Nasiba Abdullayeva O`zDSMI Yoshlar ittifoqi Media guruh rahbari