Muhammad Yusuf: Saylanma. Uyqudagi qiz

Vatanim

Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim…